“Snos”dagi uy uchun kompensatsiya undirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida fuqaroning buzilishga tushgan uyi uchun 623 mln so‘m kompensatsiya undirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Qayd etilishicha, departamentning Termiz tumani bo‘limi va DXX hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “B.D.” nomli baholash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJda norasmiy ishlab kelgan O.A. fuqaro D.B.ning ishonchiga kirib, uning Mustaqillik mahallasi hududidagi xonadoni buzilishga (“snos”) tushganidan foydalanib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordami bilan 623 mln so‘m kompensatsiya pulini tezlashtirib undirib berishi evaziga 900 dollar va 1 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida Meksika orqali noqonuniy ravishda Amerikaga yuborishga uringan shaxs ushlangan edi. U Samarqand shahri va Urgut tumanida yashovchi 3 fuqaroning ishonchiga kirib, zarur bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirgan holda ularni Meksika orqali AQSHga yuborish evaziga har biridan 32 ming dollardan, jami 96 ming dollar talab qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Termiz kompensatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing