Sulh uzoqqa cho‘zilmadi. Kats Eronga zarba berishni buyurdi
Olam
−
24 iyun 38112 2 daqiqa
Isroil Mudofaa vaziri Isroil Kats o‘z harbiylariga Tehron markazidagi ob’ektlarga kuchli zarbalar berishni topshirdi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.
Vazirga ko‘ra, ushbu zarbalar tinchlik bitimi tuzilganiga qaramay, Eronning Isroilga qilingan hujumiga javob sifatida yo‘llaniladi.
“Men Isroil mudofaa armiyasiga Eron tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi buzilganiga javoban Tehron markazidagi nishonlarga kuchli zarbalar berishni buyurdim”, degan yahudiy davlatining Mudofaa vaziri.
Nashrning qo‘shimcha qilishicha, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirganidan so‘ng, Erondan Isroil tomon ikki ballistik raketa uchirilgan. Xabarlarga ko‘ra, ikkala raketa ham tutib qolingan.
Eron davlat teleradiokompaniyasi o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilingandan keyin Eron hududidan raketa uchirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Tinchlik rejasi
Bugun, 24 iyun kuni Eron tomonidan Isroilga qarshi to‘rtta hujum to‘lqinidan so‘ng o‘t ochishni to‘xtatish sulhi kuchga kirdi. Keyinroq buni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasdiqladi. Qolaversa, Isroil rasmiylari ham Eron bilan harbiy mojaroda avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirganini tasdiqladi. Sulhga ko‘ra, Isroil va Eron 12 soatga to‘liq va butkul o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lgan. Eron rasman sulhni boshlashi, 12 soatdan keyin Isroil o‘t ochishni to‘xtatishi hamda 24-soatda esa “dunyo 12 kunlik urushning rasman yakunlanganini kutib olishi kerak edi. Ammo Tramp tuzgan ssenariy izidan chiqib ketdi.
Live
Barchasi