Superligada ilk bor ayol hakamlar ishlamoqda
Sport
−
10 noyabr 3170 1 daqiqa
O‘zbekiston Superligasining 28-turida tarixda ilk bor 4 nafar ayol hakam bir nechta uchrashuvlarda faoliyat olib boradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol hakamlari markazi (O‘zFHM) xabar berdi.
Bugun, 10 noyabr kungi “Surxon” – “Sho‘rtan” bahsida esa 2025 yilgi mavsumda ilk bor ayol hakamlar yordamchi hakam sifatida ishlamoqda.
Mazkur o‘yinda:
- Kristina Sereda va Zilola Rahmatova – yordamchi hakamlar,
- Gulshoda Saitqulova – zaxira hakami,
- Dildora Rustamova – AVAR hakami sifatida faoliyat yuritmoqda.
Bundan tashqari, tajribali hakam Kristina Sereda “OKMK” – “Navbahor” uchrashuvida, yosh hakam Nasibabonu Toshmuhammedova esa “Nasaf” – “Mash’al” o‘yinida AVAR hakami sifatida ishladi.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr