Surxondaryoda ayol 8 yoshli bolani ayovsiz kaltakladi (video)
3-sahifa
−
02 Sentabr 11261 1 daqiqa
QALAMPIR.UZ’ga bir ayol voyaga yetmagan bolani ayovsiz kaltaklagani haqida murojaat kelib tushdi. Nashr holatga aniqlik kiritish maqsadida Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Surayyo Rahmonova bilan bog‘landi.
Rahmonovaga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan Bolalar ombudsmani o‘rganish ishlarini olib borgan.
Ichki ishlar organlari tomonidan aniqlanishicha, voqea joriy yilning 26 avgust kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahrida sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, 1980 yilda tug‘ilgan ayol 2022 yilda tug‘ilgan nevarasi va shu yerda o‘ynayotgan 2017 yilda tug‘ilgan boshqa bir bolaning o‘zaro janjaliga aralashgan. Ayol 8 yoshli bolaning yuz qismiga qo‘li bilan bir necha marotaba urgan.
Videoda esa ayol bolani faqatgina qo‘li bilan emas, oyoq kiyimi bilan ham urgani ko‘rinadi. Bu bo‘yicha IIBga tegishli tartibda xabar kelib tushgan.
Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Termiz shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon shahrida mast erkak dorixonaga borgan yosh bolani kaltaklagandi.
Live
Barchasi