Tailand va Kambodja nizosi: Harbiy jihatdan kim qudratliroq?

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp vositachiligida tuzilgan otashkesim buzilgani haqida har ikki davlat bir-birini ayblaganidan keyin, Tailand Kambodja bilan tortishuvli chegara bo‘ylab havo zarbalarini amalga oshirganini ma’lum qildi.

Keskinlik bir necha haftadan beri kuchayib kelmoqda – o‘tgan oy Tailand mina portlashida bir askariining mayib bo‘lgani ortidan otashkesim choralarini to‘xtatdi. Bangkok yangi mina qo‘yilganini iddao qilmoqda, Kambodja esa buni rad etadi.

Harbiy byudjet va qo‘shin soni

2024 yilda Kambodjaning mudofaa byudjeti 1,3 milliard dollar bo‘lgan, faol xizmatda 124 300 harbiy xizmatchi ishlagan. 

Armiya 1993 yilda sobiq kommunist qo‘shinlari va ikki isyonchi guruh birlashmasidan tashkil topgan. Armiya tarkibida taxminan 75 000 harbiy,  200 dan ortiq tank, 480 ga yaqin artilleriya qurollari mavjud.

Tailand esa AQSHning NATOga a’zo bo‘lmagan asosiy hamkori sifatida qayd etilgan. Uning mudofaa byudjeti 2024 yilda 5,73 milliard dollar, faol qo‘shinlar soni 360 000 dan ortiq bo‘lgan.

Tay armiyasida 245 000 xizmatchi, shundan 115 000 muddatli xizmatga chaqiriluvchilar, 400 tank, 1 200 dan ziyod zirhli texnika, 2 600 ga yaqin artilleriya qurollari bor.

Armiya o‘z aviatsiyasiga ham ega: samolyotlar, Black Hawk vertolyotlari va uchuvchisiz dronlar.

Havo kuchlari

Kambodja havo kuchlarida 1 500 shaxs xizmat qiladi. Asosan kichik parki bor: 10 ta transport samolyoti, 10 ta transport vertolyoti, qiruvchi samolyotlar yo‘q.

Qo‘shimcha ravishda 16 ko‘p vazifali vertolyot: 6 ta Mi-17 (SSSR), 10 ta Xitoyning Z-9 modeli.

Tailand havo kuchlari Janubiy-sharqiy Osiyodagi eng yaxshi jihozlanganlardan. Shaxsiy tarkibi 46 000 xizmatchidan iborat, jangga yoroqli 112 ta harbiy samolyot, jumladan, 28 ta F-16, 11 ta Gripen. Vertolyotlar ham yetarlicha.

Dengiz kuchlari

Kambodja dengiz flotida taxminan 2 800 xizmatchi (shundan 1 500 — dengiz piyodalari), 13 ta patrul va sohil himoya kemasi, 1 desant kemasi bor.

Tailand dengiz floti esa ancha katta: 70 000 ga yaqin xizmatchi (aviatsiya, dengiz piyodalari, sohil mudofaasi va chaqiruvchilarni qamrab oladi).

Arsenalida 1 ta avianosets, 7 ta fregat, 68 ta patrul  kema, desant kemalari va kichik desant qayiqlari juda ko‘p.

Dengiz aviatsiyasi o‘z vertolyotlari va dronlariga ega, 23 000 kishilik dengiz piyodasi korpusi zirhli texnika bilan ta’minlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Tailand Kambodja

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing