Tailandda 140 yo‘lovchi bilan qo‘ngan somolyotning shassisi sinib ketdi (video)

Olam

image

Bugun, 11 mart kuni Tailandning Pxuket aeroportida bortida 140 kishi bo‘lgan Air India Express yo‘lovchi samolyoti shassisi (g‘ildiraklari) bilan bog‘liq muammo tufayli qattiq qo‘nishni amalga oshirdi. Ushbu hodisa sababli aeroportda harakat butunlay to‘xtab qolgan. Bu haqda “Khaosod” xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bort raqami VT-BWQ bo‘lgan Boeing 737 MAX 8 layneri Haydaroboddan to‘g‘ridan to‘g‘ri reysni amalga oshirgan. Bortda jami 140 kishi, jumladan, 133 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hech kim tan jarohati olmagan. 

Hindiston samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagiga shikast yetkazgani sababli Pxuket aeroporti yopilgan. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘nish vaqtida samolyotning old shassisi sinib ketgan.

“Shundan so‘ng darhol aeroport yopildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u kechgacha ishlamaydi. Aeroport ichida o‘z reysini kutayotgan minglab yo‘lovchilar qolib ketgan”, deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoning turli mamlakatlariga kunduzi uchishi kerak bo‘lgan reyslar 5-7 soatga kechikmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlarining Florida shtatiga borgan Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov samolyotining gorizontal stabilizatori shikastlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot Tailand Pxuket

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing