Taylandda o‘zbekistonliklar bo‘lgan kema cho‘kib ketdi (video)
3-sahifa
−
13 yanvar 22142 2 daqiqa
Taylandning Pxuket orolida o‘zbekistonlik sayyohlar ishtirokida yirik dengiz halokati yuz berdi. 11 yanvar kuni Korawich Marine 888 tezyurar sayr kateri baliqchi trauleri bilan to‘qnashib, jiddiy shikastlangan va ag‘darilib, cho‘kib ketgan. Fojia oqibatida 18 yoshli Rossiya fuqarosi Yelizaveta Starix vafot etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kater bortida 33 nafar Rossiya fuqarosi, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va boshqa bir qator davlatlar fuqarolari bo‘lgan. Rossiya Federatsiyasining 23 nafar fuqarosi turli darajadagi jarohatlar bilan Pxuketdagi bir nechta davolash muassasalariga yotqizilgan, u yerda ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Pxuket va Krabi [viloyatlari] politsiyasi hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda.
Korawich Marine 888 operator tomonidan boshqariladi, u asosan rusiyzabon sayyohlar uchun kam byudjetli segmentda ekskursiya sayohatlarini o‘tkazadi, bu esa xizmat sifatiga ta’sir qiladi. Bu kompaniyaning katerlari avval ham halokatga uchragan.
Qayiqda jami 55 kishi – 52 nafar sayyoh va 3 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Sayyohlardan 33 nafari Rossiya, 8 nafari Qozog‘iston, 4 nafari O‘zbekiston, 2 nafari Qirg‘iziston, qolgani Polsha va Buyuk Britaniya fuqarolari ekani aytilmoqda. Kuchli zarbadan keyin kemaning korpusga shikast yetgan va cho‘kib ketgan.
Hozirgacha Tashqi ishlar vazirligi Taylandda sodir bo‘lgan halokat va uning oqibatida jarohatlangan o‘zbekistonliklar, ularning holati haqida ma’lumot bergani yo‘q.
Live
Barchasi