Talabalar uchun qishki ta’til muddati e’lon qilindi

Jamiyat

image

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘iga muvofiq oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari (davlat, nodavlat hamda xorijiy) va akademik litseylar talaba hamda o‘quvchilarining joriy o‘quv yili uchun qishki ta’til muddati belgilandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, qishki ta’til joriy yil 28 dekabrdan boshlanib, 2026 yil 10 yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Talaba va o‘quvchilarning qishki ta’til davrida doimiy yashash hududlariga (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga) borib-kelishini qulaylashtirish maqsadida Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda “ Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.

Shunga muvofiq, 2025 yil 18 dekabrdan 2026 yil 12 yanvariga qadar (shu kuni ham) talabalar va o‘quvchilar uchun 50 foiz chegirma asosida yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq maktablarda qishki ta’til joriy yilning 28 dekabridan boshlanishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Talabalar qishki ta'til

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing