Tayvan eng yirik harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Olam

image

Tayvan hukumati mamlakat tarixidagi eng yirik “Xanguan” nomli harbiy mashg‘ulotlarni boshladi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Qayd etilishicha, mashg‘ulotlar 10 kun davom etadi. Ularda qatanashuchi zaxiradagi askarlar soni 20 000 nafarni tashkil qiladi. Bu avvalgi mashg‘ulotlar kuni  va qatnashchilar soniga nisbatan ikki baravar ko‘p.

Ma’lum qilinishicha, yirik supermarketlar tarmog‘i yerto‘lalarini bomba panohgohlari sifatida ishlatish rejasi tekshirilmoqda. Shuningdek, mahalliy hokimiyatlar krizis sharoitida tovar taqsimlash va asosiy xizmatlarni ta’minlash salohiyatini sinovdan o‘tkazadi.

Mamlakat Milliy mudofaa va xavfsizlik tadqiqotlari instituti xodimi Che Chjunning aytishicha, bu mashg‘ulotlar Xitoy hujumiga qarshi uzoq muddatli qarshilikka tayyorgarlik hamda armiya va jamiyat ruhini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp agar Xitoy Tayvanga qarshi urush boshlasa, Pekinni portlatish bilan tahdid qilgani xabar qilingandi.

Dilshod Hakimov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tayvan' harbiy mashg'ulotlar Xan'guan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing