“Temir xotin” rejissyori vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 10 avgust kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, rejissyor Abdurahmon Abdunazarov 72 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi. 

Abdurahmon Abdunazarov 1954 yil 10 martda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. Rejissyor turli yillarda Andijon viloyat musiqali teatri, Qashqadaryo viloyati musiqali teatri va boshqa viloyat hamda qo‘shni mamlakatlar teatrlarida ijodiy faoliyat yuritgan. 1988 yili Qarshi shahrida “Muloqot” teatr-studiyasini tashkil etgan. U “Temir xotin”, “Jononga bordim bir kecha”, “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari”, “Mayli, saylang”, “Baxtiyorni uylantiramiz”, “Gulya + Erik”, “Boy ila...”, “Momo yer” singari o‘nlab spektakllari bilan o‘zbek teatr san’atiga hamda mustaqil ijodiy studiyalar rivojiga katta hissa qo‘shgan.

Shuningdek, u Andijon viloyati san’at kollejida pedagog sifatida faoliyat yuritib, ko‘plab shogirdlar yetishtirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tog‘lik kuyov” filmidagi roli orqali tanilgan aktyor va kaskadyor Yo‘lchi Ortiqov 51 yoshida vafot etgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

teatr rejissyor Temir xotin Abdurahmon Abdunazarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing