Toshkent davlat tibbiyot universiteti xorijiy talabalar uchun nufuzli tanlov
Biznes
−
03 aprel 10859 5 daqiqa
Bugungi globallashuv sharoitida xalqaro talabalarga qulay va sifatli ta’lim muhitini yaratish har bir oliygohning ustuvor vazifalaridan biridir. Shu jihatdan Toshkent davlat tibbiyot universiteti mamlakatimiz hamda mintaqada xorijiy talabalar uchun jozibador va ishonchli ta’lim maskani sifatida ajralib turadi.
(4).jpg)
Universitet O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi yirik va yetakchi tibbiyot oliygohlaridan biri hisoblanadi. Milliy tibbiyot maktabining boy an’analari asosida tashkil etilgan universitet bugungi kunda yuqori malakali shifokorlar tayyorlashning zamonaviy markaziga aylangan. U klassik ta’limni innovatsion texnologiyalar bilan uyg‘unligini ta’minlab, xorijliklar uchun juda jozibador bo‘lmoqda.
Universitetda bugungi kunda mavjud 13 ta fakultet va 112 ta kafedrada bakalavriatning 15 ta ta’lim yo‘nalishlari, magistratura hamda klinik ordinatura 57 ta mutaxassisliklari, doktoranturaning 42 ta ixtisosliklari bo‘yicha ta’lim olib boriladi. Oliygohda 33 mingdan ortiq talaba tahsil oladi, shundan 4300 dan ziyodi xorijiy talabalardir. Bu universitetning xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada mustahkamlaydi.
(4).jpg)
Ilmiy salohiyat ham yuqori darajada: 2000 dan ortiq professor-o‘qituvchilar tarkibida yuzlab fan doktorlari, professorlar va PhD mutaxassislar faoliyat olib boradi. Bu talabalarga sifatli va zamonaviy bilim olish imkonini beradi.
Xorijiy talabalar uchun qulay sharoitlarga alohida e’tibor qaratilgan. Ta’lim o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi, bu turli mamlakatlardan kelgan talabalar uchun qulaylik yaratadi.
(3).jpg)
Ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligiga katta ahamiyat beriladi: 10 dan ortiq zamonaviy laboratoriya, 360 dan ziyod klinik baza va innovatsion o‘qitish usullari orqali talabalar real tibbiy tajribaga ega bo‘ladi. So‘nggi yillarda o‘nlab yangi laboratoriyalar tashkil etilib, o‘quv binolari rekonstruksiya qilindi, kampus shaklidagi zamonaviy infratuzilma shakllantirildi.
Moddiy-texnik baza keng rivojlangan: minglab o‘quv auditoriyalari, zamonaviy laboratoriyalar, simulyatsiya markazlari, elektron kutubxonalar, sport majmualari, yuqori tezlikdagi Wi-Fi, 900 dan ortiq kompyuter va zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan sinflar mavjud. 6000 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy yotoqxonalar xorijiy talabalar uchun katta qulaylik yaratadi.
(4).jpg)
Boshqaruv va ta’lim jarayonlari raqamlashtirilgan: hujjatlar aylanmasi, masofaviy ta’lim platformalari, elektron kutubxona va jurnal, Face ID, Uni TEST, elektron navbat, sun’iy intellekt, VR va AR texnologiyalari, “Talabalar portfoliosi” kabi elektron tizimlar ishga tushirilgan. Bu talabalarga keng imkoniyatlar beradi.
2025/2026 o‘quv yilida 5000 dan ortiq talaba qabul qilingani universitetga bo‘lgan qiziqish yildan yilga ortib borayotganini ko‘rsatadi. Har yili minglab talabalar muvaffaqiyatli bitirib, tibbiyot sohasida faoliyat boshlaydi.
(2).jpg)
Xalqaro nufuz ortib bormoqda: universitetning 27 ta ta’lim dasturi WFME va ECAQA talablari asosida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan.
Xorijiy talabalar sifatli ta’lim, xavfsizlik, rivojlangan infratuzilma va do‘stona muhitni yuqori baholaydi. Ular universitetni qulay narx, yuqori sifatli ta’lim, keng klinik amaliyot va har tomonlama yordamning eng yaxshi uyg‘unligi deb hisoblaydi. Hujjat topshirish, viza rasmiylashtirishdan tortib, milliy bayramlarni nishonlashgacha bo‘lgan madaniy tadbirlar orqali talabalarga moslashishda yordam beriladi.
.jpg)
Universitet WFME, Hindiston Milliy tibbiy komissiyasi (NMC) va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan tan olingan. Diplom global miqyosda e’tirof etiladi, bitiruvchilar o‘z vatanlarida va dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ishlay oladi.
Hindistonlik bitiruvchilarning muvaffaqiyati alohida g‘urur uyg‘otadi: so‘nggi ikki yilda ular imtihonlarda yuqori ballar qayd etmoqda. Bu universitetdagi tayyorgarlik darajasining yuqoriligini tasdiqlaydi.
Shu bois xorijiy talabalar orasida tanlov juda yuqori. Joriy o‘quv yilida 2500 dan ortiq chet el fuqarosi hujjat topshirgan, ulardan 500 dan ortig‘i suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tib, qabul qilingan.
2026 yil mart oyida universitetda sog‘liqni saqlash sohasida simulyatsion ta’lim bo‘yicha “SIMPULSON-2026” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Universitet, Simulyatsiya bo‘yicha xalqaro jamiyat va Hindiston Milliy tibbiy komissiyasi ishtirokida o‘tkazilgan konferensiyada ko‘plab xorijiy, jumladan, Hindiston Milliy tibbiy komissiyasi raisi Abhijat Sheth, hindistonlik ekspertlar, mutaxassislar va talabalar ishtirok etdi. Tadbir universitetning tibbiy ta’limdagi yetakchi mavqeini yana bir bor tasdiqladi.
.jpg)
Xorijiy talabalar uchun yaratilgan qulay muhit va iliq munosabat ularning tez moslashuviga yordam beradi. Hindistondan kelgan talaba Rishabh shunday deydi:
“Men avval Ukrainada o‘qirdim, ammo urush tufayli o‘qishni ko‘chirishga majbur bo‘ldim. Ushbu universitetni tanlash hayotimdagi eng to‘g‘ri qarorlardan biri bo‘ldi. Bu yerda o‘zimni hurmatda va qo‘llab-quvvatlangan his qilaman.
O‘qituvchilar juda tajribali. Ta’lim nafaqat nazariy, balki amaliyotga asoslangan. Bu bizga klinik tajriba olish imkonini beradi.
O‘zbekiston menga faqat ta’lim emas, balki o‘zimni shu yerga tegishli his qilish imkonini berdi”.
2-kurs talabasi Saliq Qadriga ko‘ra, u shu universitetni tanlagan va bundan hech qachon afsuslanmaydi. Ajoyib simulyatsiya markazlari, klinikalarda real amaliyot va e’tiborli o‘qituvchilar bor.
“Yashash sharoitlari ajoyib – toza yotoqxonalar, hind taomlari va to‘liq xavfsizlik. Ta’lim sifati eng yuqori darajada”, deydi 4-kurs talabasi Mohammad Hamdani.
3-kurs Salonining aytishicha, u oliygohni ingliz tilidagi ta’lim va hindistonlik talabalar orasidagi yaxshi obro‘ uchun tanlagan. O‘qituvchilar individual yordam beradi, kampus so‘nggi texnika bilan jihozlangan.
“O‘qishimni ToshDavTUga ko‘chirish eng to‘g‘ri qaror bo‘ldi. Yordam va madaniy tadbirlar tufayli o‘zimni uydagidek his qilaman. Ta’lim sifatli – chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalar olamiz”, deydi 5-kurs talabasi Kanishk Parikh Tapasvi.
Xulosa qilib aytganda, zamonaviy infratuzilma, kuchli ilmiy salohiyat, xalqaro ochiqlik va insoniy qadriyatlar uyg‘unligi universitetni xorijiy talabalar uchun haqiqiy qulay va ishonchli ta’lim maskaniga aylantirmoqda.
Telefon: +998781507825
Instagram | Facebook | X | YouTube | LinkedIn
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi