Toshkent davlat tibbiyot universitetiga ilk bor rektor tayinlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 23 aprel kunidan e’tiboran Shuhrat Abdujalilovich Boymurodov Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

22 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti tugatilib, ularning o‘rniga yangi Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etilishi belgilangan edi. Prezident qaroriga muvofiq, Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etildi. Yangi universitet tibbiy kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirishga ixtisoslashgan zamonaviy ta’lim muassasasi hisoblanadi. 

Boymurodov 2017 yildan shu paytgacha Toshkent tibbiyot akademiyasining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Ma’lumot uchun, Shuhrat Boymurodov tibbiyot fanlari doktori, professor, Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasi akademigi, Toshkent tibbiyot akademiyasi prorektori, yuz-jag‘ va plastik jarroh. U 1989-1994 yillarda Toshkent davlat tibbiyot institutining stomatologiya fakultetida, 1994-1995 yillarda tibbiyot fakulteti LOR kasalliklari kafedrasida ordinatura bosqichida tahsil olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bobur Abdullayev Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

rektor Shuhrat Abdujalilovich Boymurodov Toshkent davlat tibbiyot universiteti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing