Toshkent davlat yuridik universitetiga rektor tayinlandi

Jamiyat

image

Baxshillo Kamolovich Xo‘jayev Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

U tayinlovga qadar 2022 yildan buyon ushbu universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori edi.

Ma’lumot uchun, Baxshillo Xo‘jayev 1982 yilning 25 iyun kuni Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2004 yilda Toshkent davlat yuridik instituti bakalavr bosqichini, 2006 yilda magistratura bosqichini, 2018 yilda Nagoya (Yaponiya) universitetining doktorantura bosqichini tamomlagan. Baxshillo Xo‘jayev yuridik fanlar doktori, professor, 2-darajali adliya maslahatchisi.

Mehnat faoliyatini 2004 yilda “Mezon xususiy xizmati” advokatlik firmasi advokat yordamchisi lavozimidan boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent davlat yuridik universitetida fakultet dekanlari va departament boshliqlarini saylash amaliyoti joriy etilishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Baxshillo Xo'jaev yuridik universiteti yangi rektor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing