Toshkent viloyatida mashinadan 11 dona o‘q topildi
3-sahifa
−
16 Sentabr 4492 1 daqiqa
Toshkent viloyatidagi bojxona postiga kirib kelgan fuqaroning mashinasidan 11 dona travmatik to‘pponcha patronlari topildi. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Bekobod avto” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Chegara qo‘shinlari bilan hamkorikdaga bojxona postiga kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Yengil avtoulovni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish jarayonida orqa o‘rindiqdagi buyumlar idishi ichida og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan va deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 11 dona 10 millimetrli travmatik to‘pponcha patronlari aniqlangan.
Bildirilishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining qurol to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini davlat hududiga olib kirish, olib chiqish va tranzitini amalga oshirish tegishli organlarning ruxsatnomalari bilan amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent aeroportida joriy yil boshidan buyon Aviatsiya xavfsizligi xizmati tomonidan 500 dan ziyod taqiqlangan buyumlar musodara qilingani haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr