Toshkent viloyatida soliqchi 5 ming dollar bilan qo‘lga tushdi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Soliq boshqarmasining sayyor soliq tekshiruvlari bo‘limi katta inspektori 5 ming dollar olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, katta inspektor o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda Angren shahrida faoliyat yurituvchi, bog‘dorchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikda o‘tkazilayotgan sayyor soliq tekshiruvini ijobiy hal qilib, 1 yil davomida soliq organlari tomonidan tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga xo‘jalik rahbaridan 5 ming dollar miqdorida pora talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda Ohangaron tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda soliq inspektori o‘z harakatlari qonunga xilof ekanini bilgani holda, ushbu pul mablag‘ini tamagirlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismining tegishli bandlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida “Hududgaz” xodimi 6 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Soliq boshqarmasi pora olish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing