Toshkent viloyatida vertolyot ekopatrullik qilishni boshladi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida atmosferani ifloslantiradigan manbalarni aniqlash uchun vertolyot patruli yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida maxsus komissiya Toshkent viloyatida vertolyot patrulini yo‘lga qo‘ygan. Bugungi aero-patrul davomida komissiya rahbarlari vaziyat bilan shaxsan tanishgan hamda atmosfera havosining ifloslanishi bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilgan.

“Aerokuzatuv ekologik me’yorlarni buzayotgan korxona va ob’ektlarni, jumladan, yashirin yoki yetib borish qiyin bo‘lganlarini tezkor aniqlash imkonini beradi. Bunday yondashuv monitoring samaradorligini sezilarli darajada oshiradi, noqonuniy tashlamalarni aniqlashga va darhol choralar ko‘rishga yordam beradi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, maxsus komissiya ekologik vaziyatni barqarorlashtirish va aholi salomatligini himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 2 dekabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva raisligida Toshkent shahridagi havo holati bo‘yicha maxsus komissiya yig‘ilishi o‘tkazilgandi. Yig‘ilishdan so‘ng Saida Mirziyoyeva ham mas’ullar bilan birga havoni zaharlayotgan issiqxonalar bo‘yicha reydga chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati vertolyot ekopatrul'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing