Toshkentda 67 yoshli otaxonning intim videolarini tarqatmoqchi bo‘lganlar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida 67 yoshli otaxonning intim rasm va videolarini tarqatish bilan “shantaj” qilganlar ushlandi. Bu haqda “Zamon” xabar berdi.
 
Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent tumani Ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv xizmatiga 1959 yilda tug‘ilgan fuqaro tomonidan o‘ziga nisbatan tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilib kelayotgan shaxslar ustidan ariza kelib tushgan. Ushbu murojaat o‘rganilganda, guruh ishtirokchilaridan biri ushbu fuqaroning ishonchiga kirib, fuqaro bilan jismoniy munosabatda bo‘lgan foto va video tasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborish yo‘li bilan qo‘rqitib, muntazam ravishda tovlamachilik yo‘li bilan 2 ming AQSH dollari pullarini talab qilib kelgani aniqlangan.

Talab qilingan pullardan dastlab 1500 AQSH dollari tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan. Guruh vakillari qolgan 500 AQSH dollarini olayotgan paytida tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Denov tumanida o‘zining tanishi bo‘lgan ayolning noma’lum erkak bilan jinsiy aloqada bo‘lgan video tasvirlarini tarqatmaslik uchun 6 ming AQSH dollari so‘rab, “shantaj” qilmoqchi bo‘lgan erkak ushlangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shantaj tovlamachilik intim videolar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing