Toshkentda BYD “peshexod”dan o‘tayotgan piyodani urib ketdi
3-sahifa
−
02 may 8704 1 daqiqa
Bugun, 2 may kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanida BYD piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan odamni urib yubordi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 16:05 larda Yashnobod tumani Nukus-Farg‘ona yo‘li ko‘chalari chorrahasida BYD rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi tartibga solingan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Bildirilishicha, YTH oqibatida piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahrida 1997 yilda tug‘ilgan erkak Lacetti bilan piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan bir guruh odamlarni urib ketgandi. Oqibatda 1 nafar ayol vafot etgan, 4 kishi jarohatlangan. Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchiga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Live
Barchasi