Toshkentda erkak birovning mashinasini olib qochdi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrida mashina olib qochgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Gumonlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, u bu ishga puli qolmagani uchun biror narsa o‘g‘irlab tirikchilik qilish maqsadida qo‘l urgan. Mashinaning ochiq ekanidan hamda kalitning o‘t oldirgichda turganidan foydalanib, u avtomobilni olib qochgan. Bektemir tumani Chirchiq bo‘yiga borib, mashinani ichidan ikki dona monitor, bir dona videoregistrator, bitta fonar, bitta sumkani olib, mashinadan tushgan, keyin esa voqea joyidan qochgan.

“Qilgan ishimdan afsusdaman. Boshqa hech kimga qilishni maslahat bermayman. Bu yaxshi ish emas ekan. Oqibatini bilmagan edim. Meni kechirishingizni so‘rayman, bu ish boshqa takrorlanmaydi. Qilgan ishimdan pushaymonman, tavba qildim”, deydi u.

IIBB xabariga ko‘ra, gumonlanuvchi oldin ham sudlangan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi (transport vositasini olib qochish) 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida Sobalt mashinasini olib qochgan 2 nafar yigit Toshkent viloyatida ularni to‘xtatgan ichki ishlar organi xodimini pichoqlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB Toshkent shahri jinoyat ishi mashina olib qochish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing