Toshkentda yo‘l haqini to‘lamagan 30 mingdan ortiq shaxs jazolandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida joriy yilning 3 oyida davomida avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamaslik bo‘yicha 32 450 ta holat aniqlandi. Bu haqda Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Transport nazorati inspeksiyasi “Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” DM xodimlari bilan hamkorlikda avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamasdan harakatlanayotgan yo‘lovchilarga nisbatan kuchaytirilgan nazorat tadbirlarini davom ettirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan 3 oyi davomida inspektorlar tomonidan 32 450 ta holatda qoidabuzarlik aniqlanib, ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. 

Hozirda to‘lov tizimi va inspektorlar faoliyati raqamlashtirilgan bo‘lib, nazorat tadbirlari monitoring natijalaridan kelib chiqib, yo‘nalishlarda manzilli amalga oshirilmoqda. Jumladan, 8 ta yo‘nalishlarda (2026 yil boshidan 28 ta) yo‘l haqi nazorati kuchaytirilgan tartibda o‘tkazilgan va natijada  yo‘nalishlarda tranzaksiyalar soni nisbatan oshgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning yanvar oyida chiptasiz yurgan yo‘lovchilarga nisbatan 11 502 ta bayonnoma rasmiylashtirilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yo'l haqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing