Toshkentdagi avtomobillarga yil oxirigacha eko-stiker beriladi
Jamiyat
−
31 mart 2350 1 daqiqa
Joriy yil yakuniga qadar Toshkent shahridagi barcha avtotransport vositalariga eko-stiker beriladi. Bu haqda Prezidentning joriy yilning 25 mart kuni qabul qilingan “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida so‘z boradi.
Hujjatga ko‘ra, Energetika vazirligi joriy yil 1 noyabrga qadar respublikadagi barcha neftni qayta ishlash zavodlarini 2028 yil 1 noyabrga qadar “Yevro-4”, 2030 yil 1 martdan boshlab “Yevro-5” ekologik toifa talablariga muvofiq bo‘lgan motor yoqilg‘ilarini ishlab chiqarishni nazarda tutgan holda modernizatsiya qilish hamda ularni rivojlantirish dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilishini ta’minlaydi.
Shuningdek, Ekologiya qo‘mitasi 2026 yil yakunigacha “Ekologik transport” tizimi doirasida Toshkent shahrining hududi “qizil”, “sarik” va “yashil” zonalariga ajratib chiqilishini ta’minlashi lozim.
Hujjatga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi joriy yil yakuniga qadar Toshkent shahridagi barcha avtotransport vositalariga ekologik toifasini tasdiqlovchi ekologik stikerlar berilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, mazkur farmonga muvofiq O‘zbekistonda joriy yil 1 maydan boshlab har oyning 10- va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkazib borilishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi