Toshkentdagi maktablarda o‘quvchilarning telefonlari tekshirilmoqda

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi maktabda o‘quvchilarning telefonlari ommaviy ravishda tekshirilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, poytaxt umumta’lim maktablarida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda o‘quv yili davomida haftada bir kun “Davomat”, “Tig‘” tadbirlari o‘tkazib kelinadi. Ushbu nazorat tadbirlari davomida o‘quvchilarning mobil telefonlarini tekshirish ham nazarda tutilgan.

“Ushbu tadbirlar doirasida maktab ota-onalar kuzatuv kengashi vakili, ichki ishlar xodimi, o‘qituvchi guvohligida o‘quvchilarning yot g‘oya va salbiy ta’sirlardan himoya qilish maqsadida ularning mobil aloqa vositasini tekshirish ham ko‘zda tutilganligini bildiramiz”, deyiladi boshqarma xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyada kelasi o‘quv yilidan boshlab barcha o‘rta maktab o‘quvchilariga butun o‘quv kuni davomida mobil telefonlardan foydalanish taqiqlanishi haqida xabar berilgan edi. O‘quvchilar telefonlarini maxsus shkaflarga qo‘yib ketishlari va faqat barcha darslar tugagandan keyingina olishlari mumkin bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent telefon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing