Toshkentdagi ofisdan 560 ming dollarni o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahar Mirobod tumanidagi ofisdan 560 ming dollar pulni o‘marib ketgan shaxslar qo‘lga tushdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida mazkur jinoyatga 2 nafar shaxs qo‘l urgani aniqlangan. Ular o‘zlariga tegishli Gentra’da ofisga kelgan va u yerdagi seyfni birgalikda ko‘tarib, oynadan uloqtirgan. Keyin esa uni 2 kishi mashinaga ortib, noma’lum tomonga yashiringan. Ushbu seyfda 560 ming AQSH dollari va 2 dona flesh-karta hamda hujjatlar bo‘lgan.

Gumonlanuvchilardan birining shaxsiga aniqlik kiritilib, zudlik bilan qo‘lga olingan. Shuningdek, yetkazilgan zarar – 440 ming AQSH dollari va 1 dona Honda rusumli mototsikl qaytarilgan. Qo‘lga tushgan shaxsning ko‘rsatmalari asosida uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda ular seyfni “bolgarka” orqali kesib, ochgani va pullarni o‘zlashtirgani, seyfning o‘zini esa uy yaqinidagi kanalga uloqtirgani aniqlangan.

Gumonlanuvchilar ofisni o‘margandan keyin Andijon orqali Qirg‘izistonga chiqib ketishni rejalashtirgan, biroq olib borilgan tadbir natijasida ular Andijon shahridagi mehmonxonalarning birida qo‘lga olingan va poytaxtga olib kelingan.

Esaltib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahrida birovning kvartirasini sotib olib, unga pul bermay, qo‘rqiqtish yo‘li bilan egallamoqchi bo‘lgan jinoiy guruh qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Mirobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing