Toshkentdan Dubay va Sharm-el-Shayxga parvoz vaqtlari o‘zgardi

Olam

image

Eron havo hududidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar sababli joriy yilning 15 iyun kunidan 30 iyunigacha Toshkent – Dubay va Toshkent – Sharm-el-Shayx yo‘nalishlaridagi reyslar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” xabar berdi. 

Unga ko‘ra, HY333/334 reyslari:

  • Toshkentdan uchish – 07:35, Dubayga yetib borish – 11:00
  • Dubaydan uchish – 12:30, Toshkentga yetib kelish – 17:30

HY341/342 reyslari (seshanba kunlari):

  • Toshkentdan uchish – 08:50, Sharm-el-Shayxga yetib borish – 13:20
  • Sharm-el-Shayxdan uchish – 14:50, Toshkentga yetib kelish – 22:30

HY341/342 reyslari (chorshanba va yakshanba kunlari):

  • Toshkentdan uchish – 08:35, Sharm-el-Shayxga yetib borish – 13:05
  • Sharm-el-Shayxdan uchish – 14:35, Toshkentga yetib kelish – 22:15 qilib belgilangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvvalroq Isroilning Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar sababli joriy yilning 16 iyunidan 30 iyunigacha Toshkent – Tel-Aviv– Toshkent yo‘nalishidagi reyslar vaqtincha to‘xtatilgandi. Qolaversa, Isroilning Tel-Aviv shahridagi Ben-Gurion aeroporti va mintaqa havo makonining vaqtincha yopilishi munosabati bilan joriy yilning 15 iyun kuni amalga oshirilishi kerak bo‘lgan 9S 501/502 Samarqand-Tel-Aviv reysi bekor qilingandi. Shuningdek, Eron havo hududining yopilishi munosabati bilan Toshkentdan uchishi kerak bo‘lgan bir nechta reyslar bekor qilingandi. Bular “Flydubai” aviakompaniyasining Dubay - Toshkent - Dubay yo‘nalishi bo‘yicha FZ-1945/1946 reyslari, “Air Arabia” aviakompaniyasining Sharja - Toshkent - Sharja yo‘nalishi bo‘yicha G9-270/271 reyslari hamda “Asia Union” aviakompaniyasining Toshkent - Madina - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 7q-141/142 reyslari edi.


Maqola muallifi

Teglar

Dubay Sharm-el'-Shayx

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing