Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida yana otishma bo‘ldi. Qurbonlar bor
Olam
−
25 dekabr 5063 2 daqiqa
Kecha, 24 dekabr kuni Tojikistonning Shamsiddin Shoxin tumani Bahorak hududidagi Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda “8am.media” xabar berdi.
Mahalliy manbalarga ko‘ra, to‘qnashuv Tojikiston chegarachilar va Afg‘onistondan kelgan qurolli kontrabanda guruhlar o‘rtasida bo‘lgan.
Tajikiston tomondan ikki ofitser halok bo‘lgan. Ular – 28 yoshli Ismatullo Qurbonov va 33 yoshli Zirebon Navruzbekov.
Manbalar, shuningdek, bir nafar tojik askari ham halok bo‘lganini bildirgan, ammo bu rasman tasdiqlanmagan.
Boshqa bir manba Afg‘onistondan bo‘lgan besh nafar kontrabanda a’zosining halok bo‘lgani, birini esa qo‘lga olinganini aytgan. Yana bir manba esa umumiy kontrabanda a’zolarini 8 kishi deb hisoblagan, ulardan to‘rt nafari qochgan.
Shu kuni Tojikiston chegara hududida to‘rtta yangi nazorat-o‘tkazish punkti ochilgan. Prezident Imomali Rahmon onlayn tarzda tadbirda ishtirok etgan.
Oxirgi yillarda chegara bo‘yicha jami 80 punkt qurilgan, ayrimlari xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar ishtirokida yaratilgan.
Ma’lumot uchun, Tojikiston-Afg‘oniston chegarasi taxminan 1400 km. Hukumat Afg‘anistondagi vaziyatdan xavotirda, ayniqsa narkotovarlar va qurolli guruhlarning yashirin hududlari sababli. So‘nggi bir oy ichida ikki hujum oqibatida Shamsiddin Shoxin va Darvoz hududlarida 10 nafar Xitoy ishchisi halok bo‘lgan yoki yaralangan. Ular orasida oltin qazib olish va yo‘l qurilishi bilan shug‘ullangan ishchilar bor. Tojikiston hujumlarni terroristik akt sifatida qoralagan, Xitoy esa voqealarni tergov qilishni talab qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston chegara qo‘shinlari Afg‘onistondan chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan bir guruh kontrabandachilarni zararsizlantirish uchun birinchi marta mahalliy ishlab chiqarilgan drondan foydalangandi. Voqea 20 noyabrga o‘tar kechasi Hamadoniy chegara tumanida sodir bo‘lgan. Yetti nafar kontrabandachilar guruhi chegarani kesib o‘tayotganda hujumga uchragan. Ertalab voqea joyida ikki nafar Afg‘oniston fuqarosi: Avalmir o‘g‘li Sheroxo va Hakim o‘g‘li Jumagulning jasadlari topilgan.
Live
Barchasi