Tojikistonda ham Ramazon hayiti qachon nishonlanishi aytildi

Olam

image

Tojikistonda 2026 yil uchun muqaddas Ramazon oyi 29 kun deb belgilandi va Iyd al-Fitr (Ramazon hayiti) bayrami 20 mart kuni nishonlanadi. Bu haqda “Asia-Plus” nashriga mamlakat Din ishlari, an’ana va marosimlarni tartibga solish qo‘mitasi ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, bugun, 17 mart kuni mamlakat Ulamolar kengashi yig‘ilish o‘tkazib, shunday qarorga kelgan. Ulamolar kengashi qaroriga muvofiq, Tojikistonning barcha masjidlarida Ramazon hayiti namozi 20 mart kuni ertalab soat 7:30 da boshlanadi.

Ushbu kun mamlakatda dam olish kuni deb e’lon qilinadi. Yig‘ilishda imom-xatiblarga o‘z va’zlarida muhtojlarga moddiy yordam ko‘rsatish zarurligi, shuningdek, bayram kunlari isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik va tejamkorlik haqida gapirish topshirilgan. Shuningdek, barcha imom-xatiblarga Ulamolar kengashining tabrik matnini aholiga yetkazish vazifasi yuklatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda ham Ramazon hayiti 20 mart kuni nishonlanishi e’lon qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Ramazon hayiti Iyd al-Fitr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing