Tojikistonda Prezidentga yangi qarorgoh qurilishi boshlandi

Olam

image

Tojikistonning Xo‘jand shahrida “Tojikiston Respublikasi Davlat rahbari qarorgohi” davlat muassasasi uchun yangi bino qurilishi rasman boshlandi. Bu haqda So‘g‘d viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.  

Viloyat hokimi Rajabboy Ahmadzoda va jamoatchilik vakillari ishtirokida poydevor qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Loyihaga ko‘ra, yangi bino yerto‘la va yerusti –  to‘rtta qavatdan iborat bo‘ladi. Yerto‘lada avtoturargoh, hojatxonalar, texnik va kommunal joylar bo‘ladi.

Yuqori qavatlarda Millat yetakchisi muzeyi, ko‘p tarmoqli zallar, anjumanlar zali, majlislar zallari, matbuot anjumanlari zali, mehmonxona va boshqa zarur ob’ektlar joylashadi.

Loyiha Dushanbe shahar arxitektura va shaharsozlik bosh boshqarmasining “Yagona darcha, monitoring va shaharsozlik kadastri” markazi tomonidan ishlab chiqilgan. Buyurtmachilar So‘g‘d viloyati ijroiya hokimiyati va “Yevrostroyservis” qurilish kompaniyasi edi.

Tojikiston rahbari Imomali Rahmon uchun yangi qarorgoh qurish 2024 yilda rejalashtirilgan edi. Yangi bino Tojikiston Prezidentining hozirgi qarorgohi bilan bir joyda joylashgan bo‘lib, eskisi buziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon o‘zining tug‘ilgan joyi – Dang‘araga tashrif buyurgandi. U Tojikiston davlat tibbiyot universitetining Xatlon shahridagi bir nechta muassasalari va ikkita yangi o‘quv binosining ochilishida ishtirok etgandi. Uning ishtirokida yangi 1-maktab ham ochilgandi va maktabga Prezident Imomali Rahmon nomi berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Imomali Rahmon So'g'd viloyati Prezident qarorgohi Rajabboy Ahmadzoda Xo'jand shahri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing