Tramp KXDRga xalqaro yordamni tiklashni ma’qullamoqchi
Olam
−
06 fevral 2633 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Shimoliy Koreyaga (KXDR) xalqaro gumanitar yordamni tasdiqlashga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.
Qayd etilishicha, gap BMT Xavfsizlik kengashining KXDRga nisbatan sanksiyalar qo‘mitasida gumanitar yuklar uchun beriladigan sanksion istisnolarni blokdan chiqarish haqida bormoqda. Bir necha oy davomida AQSH gumanitar ta’minot maqsadsiz ishlatilishi mumkinligidan xavotir bildirib, ruxsatnomalar berilishini muzlatib kelgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, endi Vashington barcha cheklovlarni bekor qilish niyatida, bu esa xalqaro yordam yo‘lini ochadi.
Qaror KXDR yetakchisi Kim Chen Inning Rossiya va Xitoy bilan aloqalari chuqurlashib borayotgan bir paytda qabul qilingani ta’kidlanmoqda. Shu bilan birga, gazetaning qayd etishicha, gumanitar yordamnining qayta yo‘lga qo‘yilishi Pxenyan va Vashington o‘rtasidagi aloqalar yaxshilanishini anglatmaydi.
WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, Kim Chen In so‘nggi yillarda Trampning tashabbuslariga va o‘tgan yili Janubiy Koreya Prezidenti etib saylangan, koreyalararo munosabatlarni yaxshilash tarafdori bo‘lgan Li Chje Myonning sa’y-harakatlariga qaramay, AQSH yoki Janubiy Koreya bilan muloqotga qiziqish bildirmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro Amnistiya tashkiloti Shimoliy Koreyada Janubiy Koreya televideniyesini tomosha qilgan fuqarolar qattiq jazolarga duch kelayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi