Tramp “Tinchlik kengashi”ga taklif qilgan 50 ta davlatning ro‘yxati ochiqlandi
Olam
−
20 yanvar 8958 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan G‘azodagi mojarodan keyingi tartibga solish bo‘yicha “Tinchlik kengashi”ga taklif etilgan 50 nafar ishtirokchi oshkor etildi. Tegishli ro‘yxatni “Bloomberg” e’lon qildi.
Mamlakatlarning to‘liq ro‘yxati:
- Albaniya;
- Argentina;
- Avstraliya;
- Avstriya;
- Bahrayn;
- Belarus;
- Braziliya;
- Kanada;
- Kipr;
- Misr;
- Yevropa komissiyasi;
- Finlyandiya;
- Fransiya;
- Germaniya;
- Gretsiya;
- Vengriya;
- Hindiston;
- Indoneziya;
- Irlandiya;
- Isroil;
- Italiya;
- Yaponiya;
- Iordaniya;
- Qozog‘iston;
- Marokash;
- Niderlandiya;
- Yangi Zelandiya;
- Norvegiya;
- Ummon;
- Pokiston;
- Paragvay;
- Polsha;
- Portugaliya;
- Qatar;
- Ruminiya;
- Rossiya;
- Saudiya Arabistoni;
- Singapur;
- Sloveniya;
- Janubiy Koreya;
- Ispaniya;
- Shvetsiya;
- Shveysariya;
- Tailand;
- Turkiya;
- Birlashgan Arab Amirliklari;
- Buyuk Britaniya;
- Ukraina;
- O‘zbekiston;
- Vetnam.
Shu bilan birga, Xitoy TIV ham Tramp Xitoyni G‘azo bo‘yicha “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilishga taklif qilganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tinchlik kengashi” ustavini imzolash marosimi joriy yilning 22 yanvar kuni Davosda bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi. Nizom loyihasiga ko‘ra, Tramp organning birinchi raisi bo‘ladi va yangi a’zolarni taklif qilish bo‘yicha qarorlarni shaxsan o‘zi qabul qiladi. Tashkilotning doimiy a’zosi maqomini olish uchun AQSH ma’muriyati davlatlardan birinchi yil davomida kamida 1 milliard AQSH dollari miqdorida badal to‘lashni talab qiladi.
“Bloomberg”ning qayd etishicha, bunday moliyaviy sharoit ko‘plab jahon yetakchilarini hayratda qoldirdi va keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi. Dastlab kengash G‘azo sektorini tiklashni nazorat qilish uchun tashkil etilgan bo‘lsa-da, Nizom matni BMTga muqobil bo‘lishi mumkin bo‘lgan tashabbusning kengroq va global ambitsiyalarini ko‘rsatadi. Ba’zi taklif qilingan tomonlar Tramp rais sifatida yangi tuzilma mablag‘lari ustidan yagona nazoratni qo‘lga kiritishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.
Live
Barchasi