Trampning surati tangalarda paydo bo‘ladi

Olam

image

AQSH Moliya vazirligi mamlakatning 250 yillik yubileyi munosabati bilan AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AQSH G‘aznachisi Brendon Bich o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Tanganing old tomonida Trampning surati tasvirlanadi. Yuqorida “Ozodlik” so‘zi, o‘rtada esa AQSHning shiori “In God We Trust” (Biz Xudoga ishonamiz) so‘zlari yoziladi. Pastki qismida 1776–2026 yillar (AQSH Mustaqillik deklaratsiyasining 250 yilligi) ko‘rsatiladi.

Tanganing orqa tomonida Amerika bayrog‘i fonida musht ko‘targan Tramp tasvirlangan. Yuqorida “Jang, jang, jang” so‘zlari, pastda esa “Amerika Qo‘shma Shtatlari” so‘zlari va AQSHning yana bir shiori “E Pluribus Unum” (lotincha “Ko‘pdan bitta”) maqoli tushiriladi.

“Bu yerda feyk xabar yo‘q. AQSHning yubileyini nishonlash uchun 1 dollarlik tanganing yakuniy dizayni hali tanlanmagan bo‘lsa-da, bu birinchi qoralama. Biz tez orada tanga dizayni bo‘yicha yakuniy xulosaga kelamiz”, deb yozgan AQSH G‘aznachisi Brendon Bich.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniyada marhum qirolicha Yelizaveta II xotirasiga yetti mingta olmos bilan bezatilgan ulkan tanga yaratilgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Donal'd Tramp tanga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing