Turkiya Ozarbayjon bilan 15 yillik gaz kelishuvini imzoladi
Olam
−
05 yanvar 2581 2 daqiqa
Turkiya Ozarbayjon bilan 15 yil davomida qariyb 33 milliard kub metr tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Turkiya Energetika vazirligi rahbari Alparslan Bayroqdor ma’lum qildi.
“2 yanvar kuni Biz Ozarbayjon bilan qariyb 33 milliard kub metr tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha yangi kelishuv imzoladik. U 2029 yildan 2040 yillargacha amal qiladi. Har yili Kaspiy dengizidagi Apsheron konidan 15 yil davomida 2,25 milliard kub metr gaz olami”, deydi turk vaziri.
Bayroqdorning so‘zlariga ko‘ra, gaz Turkiyaga amaldagi Baku-Tbilisi-Erzurum magistrali orqali yetkazib beriladi.
Turkiya Energiya bozorlarini tartibga solish kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, Ozarbayjon amaldagi kelishuvlar doirasida 2025 yil yanvar-oktyabr oylarida Turkiyaga 9,798 milliard kub metr gaz yetkazib bergan, bu bir yil oldingi ko‘rsatkichdan 3,5 foizga yuqori.
Ma’lumot uchun, Rossiya, Ozarbayjon, Eron va Jazoir Turkiyaning eng asosiy gaz yetkazib beruvchilaridan hisoblanadi. Rossiya eng yirik yetkazib beruvchi bo‘lib qolmoqda. 2025 yil oxirida muddati tugagan shartnomalar 2026 yil uchun yana bir yilga uzaytirilgan. Gaz “Moviy oqim” va “Turk oqimi” quvurlari orqali yetkaziladi.
Eron bilan mavjud 10 milliard kub metrlik shartnoma 2026 yilning iyul oyigacha amal qiladi va hozirda uni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Bundan tashqari, Turkiya o‘z ta’minotini diversifikatsiya qilish maqsadida Omon, Qatar va Turkmaniston (Eron orqali svop asosida) kabi davlatlardan ham gaz import qiladi.
Shu bilan birga, Turkiya Qora dengizdagi o‘z konlaridan (Sakariya koni) gaz qazib olishni kengaytirib, 2026 yilga kelib ichki ehtiyojning sezilarli qismini mahalliy gaz hisobiga qoplashni maqsad qilgan.
Live
Barchasi