Turkiyada 67 kishi ISHIDga aloqadorligi uchun hibsga olindi
Olam
−
04 yanvar 1563 1 daqiqa
Istanbul sudi 2 yanvar kuni kechqurun ISHID terrorchilik guruhiga a’zolikda gumon qilingan 67 kishini hibsga oldi. Bu haqda “Cumhuriyet” gazetasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, xavfsizlik kuchlari yangi yil arafasida Istanbulning uchta tumanida ISHIDga qarshi operatsiya o‘tkazgan, 147 kishi hibsga olingan, ulardan 32 nafari keyinchalik Turkiyadan deportatsiya qilish uchun migratsiya markaziga joylashtirilgan.
“Turkiya xavfsizlik kuchlari bir hafta ichida mamlakatda ISHIDga qarshi uchta reyd o‘tkazdi, unda 500 ga yaqin kishi qo‘lga olindi. Ularning bir qismi, maxsus xizmatlar ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyada Yangi yil bayramida zo‘ravonlik harakatlarini tayyorlashga aloqador bo‘lishi mumkin”, deb xabar berdi Istanbul prokuraturasi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya shimoli-g‘arbidagi Yalova viloyatida 29 dekabr kuni ekstremistlar bilan otishma oqibatida uch nafar politsiyachi halok bo‘ldi, sakkiz nafari yaralandi. ISHIDning 6 nafar jangarisi yo‘q qilindi.
Live
Barchasi