Turkiyada qidiruvdagi o‘zbekistonlik yigit ushlandi
3-sahifa
−
07 noyabr 4802 1 daqiqa
Xalqaro qiduruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, u ikki mamlakat Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan kompleks tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qo‘lga olingan. U ilgari bir qator kiberfiribgarlik jinoyatlarini sodir etib, 10 dan ortiq o‘zbekistonlikning mablag‘larini o‘zlashtirib ketganlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan.
Ushbu shaxsning noqonuniy xatti-harakatlari oqibatida jabrlangan fuqarolardan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga, shuningdek O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilish so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan “Sonya” laqabli shaxs Turkiyada ushlanib, O‘zbekistonga deportatsiya qilingandi.
Live
Barchasi