Ukraina bilan urush davomida Rossiya 19 generalini yo‘qotdi

Olam

image

2022 yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan beri kamida 19 nafar rossiyalik general halok bo‘lgan. Bu haqda “The Insider” xabar berdi.

Qayd etilishicha, oliy qo‘mondonlik tarkibidagi yo‘qotishlar faqat frontda sodir bo‘lmagan. Front ortida, jumladan, shtab-kvartiraga qilingan hujumlar, havo hujumlari, sabotaj va Rossiya hududidagi portlashlar oqibatida ham generallarning o‘limi qayd etilgan. Biroq barcha o‘limlar Moskva tomonidan rasman tasdiqlanmagan.

Rossiya 2022 yilda generallar Andrey Suxovetskiy, Oleg Mityaayev, Vladimir Frolov, Andrey Simonov, Kanamat Botashev va Roman Kutuzovning o‘limi haqida e’lon qilgan. Keyingi yillarda ro‘yxatga Sergey Goryachev, Oleg Sokov, Vladimir Zavadskiy va boshqalarning ismlari kiritilgan.

2024 va 2025 yillarda Radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qo‘shinlari boshlig‘i Igor Kirillov, Bosh shtab Bosh operatsiyalar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Yaroslav Moskalik, Harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Mixail Gudkov va Moskvada avtomobil portlashi oqibatida halok bo‘lgan Bosh shtabning operatsion tayyorgarlik bo‘limi boshlig‘i Fanil Sarvarov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvada portlash oqibatida 12 oy ichida uchinchi rus armiyasi generali Fanil Sarvarov halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Marhum general harbiy mashqlarga, jumladan, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan oldingi mashqlarga rahbarlik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina urush general

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing