Uzbekistan Airways – Toshkentdan Moskva, Novosibirsk va Maxachqal’aga foydali parvozlar

Biznes

image

Qulay jadval, to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar va Uzbekistan Airways havo kemalaridagi qulaylik sayohatingizni imkon qadar oson va yoqimli bo‘lishini ta’minlaydi. 

Toshkentdan Moskva, Novosibirsk va Maxachqal’aga muntazam aviaqatnovlarda parvoz qiling va yaqinlaringiz bilan uchrashing, biznes sayohatlarni, dam olishni rejalashtiring yoki Uzbekistan Airways bilan o‘qish bo‘yicha sayohatni oson va qulay tarzda amalga oshiring. 

Moskva aviakompaniya yo‘lovchilari orasida eng talabgir yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu nafaqat ishbilarmonlik markazi, balki sayyohat qilish uchun ham qiziqarli joy. Keng qirg‘oqlar, muzeylar, teatrlar, gastronomik kvartallar va shinam bog‘lar shaharning ko‘p qirrali bo‘lishini ta’minlaydi.

Kundalik aviaqatnovlar bir vaqtning o‘zida poytaxtning ikkita aeroportiga: Domodedovo va Vnukovoga amalga oshiriladi. 

  • Toshkent – Moskva: 1 313 000 so‘mdan boshlab;
  • Toshkent – Moskva – Toshkent: 3 810 000 so‘mdan boshlanadi.

Kaspiy dengizi qirg‘og‘ida Rossiyaning eng rang-barang shaharlaridan biri – Maxachqal’a joylashgan. Bu yerda hamma narsa janub quyoshi, ziravorlar ifori va iliq mehmondo‘stlik bilan to‘yingan. Parvozlar payshanba kunlari amalga oshiriladi.

  • Toshkent – Maxachqal’a: 1 802 000 so‘mdan boshlab;
  • Toshkent – Maxachqal’a – Toshkent: 3 759 000 so‘mdan boshlanadi.

Novosibirsk – Sibirning jadal rivojlanayotgan megapolisi, muhim ilmiy va sanoat markazi. Bu yerda o‘ziga xos muhit seziladi: shinam, ammo zamonaviy, yorqin madaniy sahna va faol shahar ritmi. Toshkentdan parvozlar dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

  • Toshkent – Novosibirsk: 1 147 000 so‘mdan boshlab;
  • Toshkent – Novosibirsk – Toshkent: 3 749 000 so‘mdan boshlanadi.

Aviachiptalarni booking.uzairways.com saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida, aviakompaniya agentlaridan yoki Google Play va App Store’da yuklab olish mumkin bo‘lgan mobil ilovada xarid qiling.

Uzbekistan Airways shaffoflik, qonuniylik va biznes yuritishning yuqori axloqiy standartlari tamoyillariga amal qiladi. Aviakompaniya korrupsiyaning har qanday shaklini qat’iyan qabul qilmaydi hamda hamkorlar va yo‘lovchilar ishonchini mustahkamlagan holda, korrupsiyaga qarshi milliy va xalqaro qonunchilikka qat’iy rioya qiladi. 

Agar aviakompaniya faoliyati doirasida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz, bu haqda +998 78 140 02 00 ishonch telefoniga (bundan keyin tilni tanlang va "6" tugmasini bosing), +998 (78) 140 45 68, +998 (90) 998 15 06 raqamlariga, @compliance_control_uzairways telegram-botiga, anticorruption@uzairways.com elektron pochtasiga yoki corp.uzairways.com rasmiy veb-saytidagi shaklga murojaat qilishingiz mumkin.

Sayt: booking.uzairways.com
Facebook: fb.com/uzairways.official
Instagram: @uzairways
Telegram: t.me/uzbekistanairways

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Moskva Novosibirsk Uzbekistan Airways Maxachqal'a

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing