O‘zbekiston erkaklar shaxmat terma jamoasi tarkibi yangilandi

Sport

image

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasi tarkibi yangilandi. Bu haqda shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Sog‘lom raqobat va barqaror rivojlanishni ta’minlash maqsadida, belgilangan tartibga muvofiq milliy terma jamoa tarkibi har to‘rt oyda yangilanadi”, deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan yaqinlashib kelayotgan xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan terma jamoaning yangilangan tarkibi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, erkaklar va ayollar terma jamoalarining 3 tadan tarkibi shakllantirilgan. Har bir tarkibdan 5 nafardan shaxmatchi o‘rin olgan. Sportchilarni tarkiblarga joylashtirishda ularning FIDE reytingi hamda oxirgi natijalari hisobga olingan. 

Erkaklar terma jamoasi

1-tarkib:

  • Nodirbek Abdusattorov – GM (2751)
  • Javohir Sindorov – GM (2726)
  • Nodirbek Yakubboyev – GM (2691)
  • Shamsiddin Vohidov – GM (2644)
  • Muhiddin Madaminov – GM (2567)

2-tarkib:

  • Abdumalik Abdusalimov – GM (2560)
  • Jahongir Vohidov – GM (2516)
  • Ortiq Nig‘matov – GM (2459)
  • Muhammadzohid Suyarov – IM (2449)
  • Saidakbar Saydaliyev – IM (2440)

3-tarkib:

  • Humoyun Begmurodov – IM (2429)
  • Bahrom Bahrillayev – IM (2427)
  • Almas Rahmatullayev – IM (2394)
  • Davron Sharipov – FM (2381)
  • Asrorjon Omonov – IM (2353)
  • Ayollar terma jamoasi

1-tarkib:

  • Afruza Hamdamova – WGM (2403)
  • Gulruhbegim Tohirjonova – IM (2363)
  • Umida Omonova – WIM (2334)
  • Guldona Karimova – WIM (2323)
  • Madinabonu Xalilova – WCM (2287)

2-tarkib:

  • Nilufarxon Imomkuziyeva – WFM (2232)
  • Nilufar Yakubboyeva – WGM (2195)
  • Asal Salimova – WFM (2177)
  • Marjona Malikova – WIM (2081)
  • Shohina Ahmedova – WCM (2056)

3-tarkib:

  • Maftuna Bobomurodova – WIM (2044)
  • Ozoda Shahzodova – (2044)
  • Zilola Aktamova – WFM (2032)
  • Rukiya Olimova – WFM (2021)
  • Mumtozbegim Mansurova – WCM (2020)

Ma’lumot uchun, 2026 yilda O‘zbekiston 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Shaxmat tarkib

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing