O‘zbekiston Qirg‘iziston va Tojikiston bilan chegara bo‘yicha bitimni ratifikatsiya qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida uch mamlakat davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi. O‘zbekiston Respublikasining shu haqdagi tegishli qonuni bugun, 14 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.

Ushbu qonun Konunchilik palatasi tomonidan joriy yil 28 oktyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 1 noyabrda ma’kullangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Xo‘jand shahrida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etib, ushbu davlatlar bilan chegaralarning tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan edi.

Joriy yilning iyul oyida esa Qirg‘iziston ushbu bitimni ratifikatsiya qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Qirg'iziston davlat chegaralari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing