O‘zbekiston Livanni minimal farq bilan mag‘lub etdi

Sport

image

Bugun, 7 yanvar kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogidagi ishtirokini boshladi. Ravshan Haydarov shogirdlari 1-tur doirasida Livanga qarshi maydonga tushib, ishonchli hisobda g‘alaba qozondi.

O‘zbekistonlik futbolchilar o‘yinni ustunlikda boshladi va birinchi bo‘limdayoq gol urish uchun qator vaziyatlar yuzaga keltirdi. 24-daqiqada Amirbek Saidov shunday vaziyatlardan birini golga aylantirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ilk taymda hisob boshqa o‘zgarmadi.

Ikkinchi bo‘lim ham O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ustunligida o‘tdi. O‘yinning 50-daqiqasida Xayrullayev gol kiritib, hisobni jamoasi uchun ishonchli ko‘rinishga keltirdi. Oradan 7 daqiqa o‘tib Bahromov ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi va tablodagi hisobni yiriklashtirdi. 65-daqiqada esa livanliklar futbolchisi Farah Shahin o‘zbekistonliklar darvozasiga to‘p kiritib, oradagi farqni qisqartirdi. O‘yinga qo‘shib berilgan 7-daqiqada yana ushbu futbolchi gol urdi va yakuniy 3:2 hisobini ta’minladi.

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistoni mezbonligidagi musobaqada O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Livan, Eron va Janubiy Koreya terma jamoalari bilan birga “S” guruhidan joy olgan. Guruh bosqichining navbatdagi uchrashuvlari joriy yilning 10 va 13 yanvar kunlariga belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo kubogi Livan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing