O‘zbekiston MTJ a’zolariga qanday avtomobil sovg‘a qilinishi aytildi

Sport

image

Bugun, 6 iyun kuni soat 16:30 da O‘zbekiston tarixida ilk bor jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan milliy terma jamoa Birlashgan Arab Amirliklaridan Toshkentga qaytib keladi. Ularga Prezident sovg‘asi – BYD avtomobillari topshiriladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

“Poytaxtimizda minglab yurtdoshlarimiz yigitlarimizni tantanali kutib olishga shay turibdi. Terma jamoa a’zolari sharafiga o‘tkaziladigan tantanali marosimda ularga Prezident sovg‘asi – BYD avtomobillari topshiriladi”, deya yozgan Asadov.

Ma’lumot uchun, kecha, 5 iyun kuni Jahon chempionati-2026 turniri Osiyo mintaqasi saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasini o‘zining “Al-Nahayyon” stadionida qabul qildi va o‘yin 0:0 hisobida yakunlandi.

Ushbu bellashuvda qayd etilgan durang natijasi bilan Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati yo‘llanmasini rasman qo‘lga kiritdi.

Bellashuvni avstraliyalik elit referilar brigadasi boshqardi. FIFA hakami Shon Evans maydondagi asosiy nazoratni olib bordi.

Ushbu g‘alaba 34 yil kutilgan natija deb baholandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabidagi (BAA) o‘yindan so‘ng futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolariga qo‘ng‘iroq qilib, ularni tarixiy yutuq - ilk bor jahon chempionatiga chiqqani bilan samimiy tabriklab, ularga “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvonini berishini aytgandi. Sal o‘tib davlat rahbari ushbu mazmundagi farmonga imzo chekdi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident sovg'asi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing