O‘zbekiston mundialning kashfiyot jamoasi bo‘lishi mumkin – Arshavin

Sport

image

O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida “o‘lim guruhi”ga tushgan bo‘lsa-da turnirning kashfiyot jamoasi bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Arsenal” va Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Andrey Arshavin “Sport-express” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi. 

“Saralashdan o‘tishning o‘zi ular uchun muvaffaqiyat. Biroq hozir yangi formatga ko‘ra, hatto guruhda uchinchi o‘rinni olgan jamoa ham keyingi bosqichga chiqishi mumkin. Shuning uchun imkoniyatlar bor. O‘zbekiston terma jamoasi Portugaliya va Kolumbiya bilan “o‘lim guruhi”ga tushib qolgan bo‘lsa ham, menimcha, ular turnirning kutilmagan kuchli jamoalaridan biri bo‘lishi mumkin. Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) bilan darajada katta farq yo‘q. Men yaqinda O‘zbekiston terma jamoasining o‘yinini ko‘rdim va yigitlar menga yoqdi. Shomurodov yaxshi o‘ynadi. Ular raqobatbardosh jamoa”, deydi Andrey Arshavin.

Shuningdek, u “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov haqida ham fikr bildirgan.

“U bu mavsumda “Manchester Siti”ning eng yaxshi uch futbolchisidan biri bo‘ldi – bu ajoyib yutuq. Husanov haqida avval bilmasdim, u “Siti”ga kelguniga qadar unchalik tanish emas edi. Uning transferiga ham shubha bilan qaragandim, ammo u o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi. U o‘zini o‘zi shakllantirdi. Lekin Gvardiolaning talablariga moslasha olgani va unga ishonch bildirilgani ham katta rol o‘ynagan. Har holda, Husanov – o‘z mehnati bilan yetilgan futbolchi”, deydi Arshavin.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida “K” guruhida Portugaliya, Kongo Demokratik Respublikasi va Kolumbiya bilan raqobat olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati Andrey Arshavin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing