O‘zbekiston va Kanada o‘yini kuchli yomg‘irda bo‘ladi

Sport

image

O‘zbekiston va Kanada milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi kuchli yomg‘ir ostida o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda “Edmonton Journal” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Kanada terma jamoasining Jahon chempionati oldidan muxlislar bilan xayrlashuv uchrashuvi noqulay ob-havo sharoitida o‘tishi kutilmoqda.

Kanada Milliy meteorologiya xizmati joriy yilning 30 may kuni yog‘ingarchilik bo‘yicha prognoz darajasini sariq ogohlantirish bosqichiga ko‘tardi. Ma’lum qilinishicha, kuchli yomg‘ir kechqurun boshlanib, 3 iyun tongigacha davom etishi mumkin. Edmonton hududida 50 millimetrdan 100 millimetrgacha yog‘ingarchilik kuzatilishi taxmin qilinmoqda.

O‘zbekiston va Kanada terma jamoalari o‘rtasidagi bahs vaqtida esa harorat taxminan 9 daraja atrofida bo‘lishi prognoz qilingan.

Nashrning yozishicha, bahs uchun Commonwealth stadionida maxsus yotqizilgan vaqtinchalik tabiiy maydon bunday miqdordagi yog‘ingarchilikka qanday bardosh berishi asosiy savollardan biri bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 26 may kuni Toshkentdan Nyu-Yorkka to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov orqali yetib borgan edi. Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa Jahon chempionatidagi debyuti oldidan ikki o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

O‘zbekiston terma jamoasi ertaga, 2 iyun kuni Edmontonda Kanadaga qarshi, 8 iyun kuni esa Nyu-Yorkda Niderlandiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionati uchun 30 kishilik tarkibi e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati Kanada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing