O‘zbekiston Olimpiadaga litsenziya beruvchi musobaqaga mezbonlik qiladi
Sport
−
23 yanvar 2204 1 daqiqa
Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) ijroiya qo‘mitasining yakuniy qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston 2027 yilda Los-Anjeles–2028 Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqaga mezbonlik qiladi. Bu haqda mamlakat og‘ir atletika federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
IWF ijroiya qo‘mita a’zolari tomonidan O‘zbekiston nomzodi bir ovozdan ma’qullangan. Mazkur nufuzli saralash musobaqalari Toshkent shahrida, zamonaviy infratuzilmaga ega va barcha xalqaro talablarga to‘liq javob beradigan Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, saralash musobaqalariga mezbonlik qilish huquqini O‘zbekistondan tashqari Qatar, Peru, Venesuela hamda Tailand mamlakatlari ham qo‘lga kiritdi.
Ta’kidlash joizki, Los-Anjeles–2028 Olimpiya o‘yinlariga qadar litsenziya beruvchi saralash musobaqalari bor-yo‘g‘i besh marotaba o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston og‘ir atletika terma jamoasi a’zosi Akbar Jo‘rayev Parij olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi. 102 kg vazn toifasidagi bahslarida qatnashgan Akbar Jo‘rayev dast ko‘tarishda 185 kg, siltab ko‘tarishda esa 219 kg vaznni o‘ziga bo‘ysundirgan Jo‘rayev umumiy hisobda 404 kg vazn bilan ikkinchi natijani qayd etgan edi.
Live
Barchasi