O‘zbekiston Osiyo kubogidagi ishtirokini yakunladi

Sport

image

Bugun, 3 fevral kuni futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogidagi chorak final uchrashuvini o‘tkazdi. Nodir Eliboyev shogirdlari mazkur bahsda Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 4:7 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvlf hisobni dastlab Ixtiyor Ropiyev ochdi, keyin Elbek To‘lqinov terma jamoaning ikkinchi golini kiritdi. Biroq, eronliklar tez orada javob qaytarib, o‘yin ustunligini qo‘lga oldi va jami 6 gol urdi. Ikkinchi bo‘lim yakuniga yaqin Sunnatilla Jo‘rayev va Muzaffar Axadjonov hisobni qisqartirdi, ammo bu oradagi farqni tenglashtirish uchun yetarli bo‘lmadi. Aksincha, Eron 7 golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Yakunda O‘zbekiston terma jamoasi 4:7 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Ma’lumot uchun, Nodir Eliboyev shogirdlari Indoneziya mezbonligida o‘tayotgan Osiyo kubogining “C” guruhida bir g‘alaba, bir durang va bir mag‘lubiyat bilan 4 ochko to‘plagan holda guruhda ikkinchi o‘rinni egallab, chorak finalga yo‘llanma olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Osiyo kubogi futzal Nodir Eliboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing