O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasining AQSHdagi vakili lavozimi joriy etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining AQSHdagi vakili lavozimi joriy etiladi. Bu bugun, 12 noyabr kuni e’lon qilingan “Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashini tashkil etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonida belgilangan

Unga ko‘ra, tashqi siyosiy va davlat tashabbuslarini muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida 2026 yil 1 yanvardan O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi tuzilmasiga qo‘shimcha maslahatchi-elchi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining AQSHdagi vakili lavozimi kiritiladi.

Maslahatchi-elchi lavozimiga tayinlash va undan ozod etish, shuningdek, faoliyati reglamentini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan amalga oshiriladi;

Ushbu lavozim egasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga hisobdor va O‘zbekiston Respublikasining AQSHdagi diplomatik vakolatxonasi rahbari faoliyatini ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish qismida qo‘llab-quvvatlashga mas’ul hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 6 noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashingtonda AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgan va Markaziy Osiyo mamlakatlari Prezidentlari bilan birga C5+1 formatidagi sammitda qatnashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Prezident Administratsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing