O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasidagi qamishzorlar yoqildi
Olam
−
25 mart 3859 1 daqiqa
O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasidagi neytral hududda joylashgan Amudaryo ichkarisidagi kichik orolchalarda zararkunandalarga qarshi kurash boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, orolchalarda paydo bo‘lgan qamishzorlarda zararkunanda hasharotlar ko‘payishi va yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun rejali tartibda yoqish ishlari olib borilmoqda. Ushbu tarqalgan hasharotlar turli kasalliklar tashuvchisi hisoblanadi.
Mazkur tadbir mutasaddi idoralar ruxsati hamda o‘zaro kelishuv asosida amalga oshirilib, orolchalardagi yong‘in harakatlari va ko‘lami to‘liq nazoratga olingan.
“Ushbu tadbir yovvoyi qamishzorlarda belgilangan rejaga muvofiq olib borilayotganini ma’lum qilib, fuqarolardan ortiqcha vahimaga berilmaslikni, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan esa aholi o‘rtasida vahima keltirib chiqaruvchi yolg‘on axborotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning mart oyida ham O‘zbekiston va Afg‘oniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda, Amudaryo ichkarisida joylashgan kichik orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish ishlari amalga oshirilgandi.
Live
Barchasi