O‘zbekiston va Rossiya samolyotlari to‘qnashib ketishiga sal qoldi
Olam
−
13 yanvar 22003 1 daqiqa
Qozog‘iston havo hududida O‘zbekiston va Rossiya aviakompaniyalariga tegishli yo‘lovchi samolyotlari ishtirokida jiddiy aviatsion favqulodda holat yuz berdi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Transport hodisalari va favqulodda vaziyatlarni tekshirish departamenti izohiga tayanib “Kazinform” agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa 10 yanvar kuni ertalab Chimkent hududiy dispetcherlik markazi nazorat hududida sodir bo‘lgan va hozirda holat bo‘yicha maxsus tekshiruv boshlangan.
Departamentga ko‘ra, Chimkent hududiy dispetcherlik markazining A2I sektori nazorat hududida “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Termiz – Moskva yo‘nalishidagi UZB9609 reysi hamda “Pobeda” aviakompaniyasining Vnukovo – Samarqand yo‘nalishidagi PBD997 reysiga xizmat ko‘rsatish vaqtida aviatsiya hodisasi yuz bergan.
Idora tasnifiga ko‘ra, ushbu holat jiddiy aviatsiya favqulodda holati sanaladi va u vakolatli organ tomonidan majburiy tartibda tekshiruvdan o‘tkaziladi. Tekshiruvni o‘tkazish uchun Transport vazirligida maxsus komissiya tuziladi.
“Tekshiruv muddati komissiya tayinlash to‘g‘risidagi buyruq chiqarilgan kundan boshlab yakuniy hisobot tasdiqlangunga qadar, qo‘shimcha tadqiqot va ishlar talab etilmasa, odatda uch oydan oshmaydi, deya ma’lum qilgan departament matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 yanvar kuni O‘zbekistonda kuzatilgan noqulay ob-havo sharoiti, ya’ni tuman sababli o‘nlab reyslar muqobil aeroportlarga yo‘naltirilgandi.
Live
Barchasi