O‘zbekiston YAIM hajmi 1,8 kvadrillion so‘mdan oshdi
Jamiyat
−
28 yanvar 2591 1 daqiqa
2025 yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 1 849,7 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 7,7 foizga o‘sgan.
YAIM hajmi yillar kesimida quyidagicha:
- 2021 yil – 861,2 trln so‘m;
- 2022 yil – 1 041,9 trln so‘m;
- 2023 yil – 1 261,8 trln so‘m;
- 2024 yil – 1 535,4 trln so‘m;
- 2025 yil – 1 849,7 trln so‘m.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,8 foizga o‘sishi, inflyatsiya esa 6,7 foizni tashkil etib, bir AQSH dollarining o‘rtacha yillik kursi taxminan 12 800 so‘m darajasida bo‘lishi taxmin qilingandi.
Live
Barchasi