O‘zbekiston jismonan kuchliroq, dinamik va tartibli jamoa – Belsa

Sport

image

Bugun, 13 oktyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi Urugvayga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Uchrashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Belsa O‘zbekiston haqida fikr bildirdi.

 “Xalqaro o‘yinlar har doim murakkab bo‘ladi, ayniqsa, raqib safida Fabio Kannavaro kabi tajribali va obro‘li murabbiy borligini hisobga olsak”, deydi Belsa.

Urugvay va O‘zbekiston o‘rtasidagi farq haqida so‘ralganda, Belsa shunday javob berdi:

“Hozirgi futbolda hech bir o‘yin oson emas. Reytingdagi o‘rinni hisobga olgan holda ham, bugungi kunda hech kim bilan yengil o‘yin bo‘lmaydi. Har qanday uchrashuv kutilmagan natijani berishi mumkin”.

Shuningdek, Belsa O‘zbekiston milliy terma jamoasi haqida fikr bildirar ekan, “Dominikan Respublikasiga qarshi o‘yindan farqli o‘laroq, O‘zbekiston jismonan kuchliroq, dinamik va tartibli jamoa” ekanini qayd etdi. 

“Ular jahon chempionatiga tayyorgarlikni jiddiy olib borishyapti”, dedi Urugvay murabbiyi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston hamda Urugvay o‘rtasidagi bahs Malayziyaning Malakka shahrida joylashgan “Hang Jebat” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 17:45 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Urugvay

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing