O‘zbekistonda harbiy xizmatchilarning pensiyasi oshirilishi mumkin
Jamiyat
−
07 aprel 6550 1 daqiqa
O‘zbekistonda harbiy xizmatda 30 yildan ortiq xizmat qilganlarning pensiyasi miqdori oshirilishi mumkin. Bu haqda bugun, 7 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgan “Harbiy xizmatchilar (xodimlar) va ularning oila a’zolarining davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun loyihasida so‘z boradi.
Mazkur qonun loyihasi bilan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini davlat pensiyalari bilan ta’minlashning huquqiy asoslarini qonun bilan belgilash, ushbu pensiyani tayinlash shartlari, turlari, miqdorlari va tartibiga oid normalarni takomillashtirish nazarda tutilgan.
Xususan, harbiy xizmatda 30 yildan ortiq xizmat qilganlar uchun pensiyaning bazaviy miqdorini aniqlashda ish haqining hisobga olinadigan miqdorini 75 foizdan 100 foizga oshirish taklif etilgan. Shuningdek, pensiya tayinlashda asos bo‘ladigan pensiyani hisoblash bazaviy miqdorini o‘n baravaridan kelib chiqib hisoblash amaliyotini o‘n ikki baravaridan kelib chiqib belgilash ko‘zda tutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Mudofaa vazirligi ofitserlariga ko‘p yillik xizmati uchun ustama miqdori 2 karra oshirilishi, shuningdek, kontrakt asosida xizmat qilayotgan oddiy askar va serjantlarning oylik maoshi 10 foizga ko‘paytirilishi xabar qilingan edi.
Live
Barchasi