O‘zbekistonda ilk bor yer osti chiqindi saqlash majmuasi tashkil etildi

Jamiyat

image

Samarqand viloyatining Samarqand shahrida ilk bor yer osti chiqindi saqlovchi maxsus qutilar majmuasi ishga tushirildi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, agentlikning viloyatdagi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan ushbu qutilarning joriy etilishidan asosiy maqsad – aholidan to‘planadigan maishiy chiqindilarning atrofga sochilib ketmasligi, issiq kunlarda turli noxush hidlar tarqalishining oldini olish va fuqarolarga qulay shart-sharoit yaratishdan iborat.

Ular Samarqand shahri Qorasuv massivi “Obod maskan” MFYda ishga tushirilgan.

Ma’lumot uchun, mazkur yer osti chiqindi saqlash majmuasi 2 metr chuqurlikda joylashtirilgan bo‘lib, ularning har biriga 2 tadan jami 4 ta maxsus konteyner o‘rnatilgan. Konteynerlarning sig‘imi 3 metr kub ya’ni 550 litrni tashkil etadi. Natijada 1000-1500 nafar aholiga xizmat qiladi. Bu kabi yer osti majmuasidan hududda yana 5 ta qurish rejalashtirilgan.

Bildirilishicha, mahalliy aholi tomonidan bu kabi samarali chora-tadbirlar mamnuniyat bilan qarshilanib, ilgari shamol yoki turli hayvonlar tufayli chiqindilarning yer ustiga sochilib ketilishi kabi holatlarning oldini olishda ma’qul yechim bo‘lgani ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Qorasuv chiqindi saqlash majmuasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing